VIP-zal

O‘zbekiston xalqaro aeroportlarining VIP-zallari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlis palatalari rahbar xodimlari, Hukumat a’zolari va Vazirlar Mahkamasi Apparatining mas’ul xodimlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, diplomatik missiyalar va xorijiy delegatsiyalar tarkibidagi yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan.

Alohida muhim yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi VIP-zalning vazifasi va ishini tashkil etish tartibini belgilovchi Nizom bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

"Toshkent" xalqaro aeroportining alohida muhim shaxslar "VIP" zalida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishning 05.01.2023 yildan amaldagi tariflari

№Zal nomiQQS bilan narxi (so‘m)
1.«VIP» zali
1.1Uchib ketish2 500 000
1.2Uchib kelish2 500 000
2.«VIP» zali (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.04.2006 yildagi 180-f-son farmoyishidagi ro‘yxat bo‘yicha)
2.1Uchib ketish630 000
2.2Uchib kelish630 000

Rasmiy delegatsiyalarga xizmat ko‘rsatish zali (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.04.2006 yildagi 180-f-son farmoyishidagi ro‘yxat bo‘yicha)

Uchib ketish — 700 000 so‘m

Uchib kelish — 600 000 so‘m

20 Nov, 2021