Tibbiy yordam

O‘zbekistonning barcha aeroportlarida yo‘lovchilar va tashrif buyuruvchilar har doim bepul birinchi tibbiy yordamga ishonishlari mumkin.

Aerovokzal tibbiyot punktlari aeroport terminalida, shuningdek unga tutash hududda (avtoturargohlar, aeroport oldidagi maydon) yo‘lovchilar va tashrif buyuruvchilarga bepul shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatadi. Shuningdek, tibbiyot punktlari xodimlari yo‘lovchilarga havo transportidan foydalanishdagi tibbiy qarshi ko‘rsatmalar bo‘yicha maslahat beradi, epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar va favqulodda qutqaruv ishlarida ishtirok etadi, aeroport xodimlarini smenadan va parvozdan oldin, aviakompaniya ekipaj a’zolarini esa parvozdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi.

09 Jan, 2022